Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Moskvada Medvedev bilan muzokara o‘tkazadi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 aprel kuni Moskvada Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan uchrashib, savdo-iqtisodiy hamkorlik masalasini muhokama qiladi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi hukumati saytida ma'lum qilingan.
"RF hukumati rahbari Dmitriy Medvedev va O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi, investitsiya, infratuzilmalar va boshqa loyihalar bo‘yicha hamkorlikni muhokama etishadi", deyilgan xabarda.
O‘zbekiston rahbarining Moskvaga tashrifi 4-5 aprel kunlarida amalga oshiriladi. Mirziyoyev 5 aprel kuni Vladimir Putin bilan uchrashadi.
Mavzuga oid
11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
21:36 / 01.05.2024
YeTTB O‘zbekistonda «yashil» shaharlarni rivojlantirish loyihalarida ishtirok etadi
09:04 / 30.04.2024
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar milliy jamoasini tabrikladi
19:48 / 29.04.2024