Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijondagi chegaradosh hududlarda barqarorlikni ta'minlashga doir tadbirlar o‘tkazilmoqda
Andijon viloyatining shaharlar va tumanlardagi chegaradosh bo‘lgan mahalla fuqarolari yig‘inlarida istiqomat qilib kelayotgan aholi va yoshlarning huquqiy madaniyatini yanada oshirish, mahallalarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni barqarorlashtirish bo‘yicha tuzilgan alohida rejaga asosan, Izboskan, Xo‘jaobod, Jalolquduq, Marhamat, Buloqboshi, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod tumanlari, Xonobod, Qorasuv shaharlarida bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri bugun, 4 aprel kuni Izboskan tumanida bo‘lib o‘tdi. Viloyat hokimining o‘rinbosari Sh. Tursunov boshchiligidagi tuman hokimi va ichki ishlar xodimlaridan iborat guruh Lo‘g‘umbek qishlog‘idagi ijtimoiy muhofazaga muhtoj, notinch xonadon oilalarida bo‘lib ularning mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy yordam berdi. Suhbatlar davomida, ayni paytda ishsiz yurgan fuqarolarning 10 nafari ish bilan ta'minlanib, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun kredit mablag‘larini olish bo‘yicha murojaat qilgan kishilar muammolari hal qilindi.

Tumandagi qishloq ho‘jalik kasb-hunar kollejida aholi va yoshlar bilan o‘tkazilgan muloqotda viloyat hokimining o‘rinbosari Sh. Tursunov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Sh. Sobirov, viloyat bosh imom xatibi N. Holiqnazarovlar ishtirok etib, yig‘ilganlarga yoshlarni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, ayollar va yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish, o‘z joniga qasd qilish hamda fuqarolarni chet davlatlarga noqonuniy chiqib ketishining oldini olish haqida so‘z yuritishdi. Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbirda fuqarolar o‘zlarini qiziqtirib kelayotgan savollarga javob olishdi.
Uchrashuvda mavzuga oid ma'rifiy videofilm namoyish etildi.


Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
07:50 / 24.05.2025