Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiyot vazirligi: 2017 yilda paxta va g‘alla maydonlari qisqartiriladi
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasining 3.3-bandi, ya'ni “Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish”ga muvofiq, Yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini maqbullashtirish rejalashtirilgan.

2017 yilda paxta ekin maydonlarini 49 ming gektarga va g‘alla maydonlarini 10 ming gektarga qisqartirish rejalashtirilmoqda. Qisqartirilgan ekin maydonlariga boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish belgilangan:
- 8,1 ming gektar yerga kartoshka;
- 27,2 ming gektar yerga sabzavot;
- 5,9 ming gektar yerga intensiv bog‘;
- 2,9 ming gektar yerga tokzor;
- 10,9 ming gektar yerga ozuqa ekinlari;
- 4 ming gektar yerga moyli ekinlar.
Dasturlarda oziq-ovqat mahsulotlari xom ashyo bazasini, meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni yanada rivojlantirish, ichki iste'mol bozorini mahalliy mahsulotlar hisobiga to‘ldirish va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlarni eksport qilishni kengaytirishga alohida e'tibor qaratilgan. Shulardan kelib chiqib, bugungi kunda mahsulotlarni tayyorlash, saqlash, birlamchi qayta ishlash, va eksporti bilan shug‘ullanuvchi zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan jami 310 ming tonna xom ashyoni qabul qilish quvvatiga ega 11 ta savdo-logistika markazlarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
17:00 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
14:55 / 27.05.2025
Paxta va g‘allachilikda yuqori ko‘rsatkichlarga ega sub’yektlar qo‘shimcha rag‘batlantiriladi
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
21:05 / 19.05.2025