Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiyada ko‘plab elektrokarlarning bir joyga to‘planishi bo‘yicha rekord yangilandi
Niderlandiyada Ginnessning yangi rekordi o‘rnatildi. Bu safar bir joyda eng ko‘p elektromobillar to‘planishi bo‘yicha yuqori natija qayd etilgan. Qirollikning Brabant viloyatida yo‘lning 3,6 kmlik qismi yopilib, unda 746 dona elektrokar saf tortgan. Bu avvalgi natijadan 169 ta avtomobilga ko‘p demakdir.
Rekordni o‘rnatishda Tesla, BMW i3, Nissan, Renault hamda elektr motorda harakatlanadigan avtobuslar, yuk mashinalari va mototsikllar qatnashgan. Tashkilotchilar ushbu tomosha doirasida to‘plangan pullarni kambag‘al tumanlarda bolalarni o‘qitish dasturlarga yo‘naltiradi.
Elektrokarlarning bir yerda to‘planishiga doir avvalgi rekord 2016 yilda Germaniyada o‘rnatilgan edi. O‘shanda, Berlinning faoliyat yuritmayotgan Tempelxof aerodromida 577 dona shunday mashina to‘plangandi. Bungacha rekord ko‘rsatkich amerikaliklarga tegishli edi. 2014 yili San-Frantsiskoda 507ta elektrokar bir joyda to‘plangandi.
Mavzuga oid
18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi
21:18 / 17.12.2024
Energetika vazirligi quvvatlash stansiyalarini tarmoqdan uzish bo‘yicha topshiriq bermaganini ma’lum qildi
19:34 / 17.12.2024
Energetikada yangi cheklov. Elektromobillarni zaryadlash stansiyalari ham tarmoqdan uzilmoqda
11:10 / 15.12.2024