Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uels sohillarida katta miqdorda ulkan meduzalar aniqlandi
O‘tgan hafta Uelsdagi Guinet grafligi sohillariga to‘lqin bilan katta miqdorda ulkan meduzalar chiqarib tashlandi. Bu hodisa nafaqat mahalliy aholi, balki OAV va olimlar e'tiborini jalb etdi.

Xelen Devis Portmadog shahri sohillari bo‘ylab o‘zining 6 yoshli qizi bilan sayr qilib yurganda sohil ulkan meduzalar bilan qoplanganiga ko‘zi tushgan. U qumli plyajdagi kichik maydonda 62 ta shunday meduza borligini hisoblab chiqqan.
"Bu juda achinarli manzara edi. Menda meduzalarni suvga qaytarish va ularni o‘limdan qutqarib qolish uchun hech qanday vosita yo‘q edi", deb kuyinib gapirmoqda Xelen.
Olimlarning aytishicha, suv harorati oshganda meduzalar ko‘pincha sohilga tashlanadilar. Dengiz jonzotlarining bunday qilishining yana bir taxminiga ko‘ra, ular ko‘pchilik bo‘lib sohil yaqiniga isingani kelganda, to‘lqin ularni quruqlikka olib chiqib tashlaydi.
Mavzuga oid
17:17 / 25.11.2022
JCh-2022. Eron 90+8 va 90+11-daqiqadagi gollar evaziga Uelsni mag‘lub etdi
23:10 / 05.06.2022
O‘tish o‘yini. Uels Ukrainani mag‘lub etib, JCh-2022ga yo‘llanma oldi
22:06 / 13.05.2018
Motorlashtirilgan kulba tezlik rekordini o‘rnatdi
08:03 / 21.03.2018