Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda shinalar ishlab chiqaruvchi zavod ochiladi
O‘zbekistonda avgust oyida shinalar ishlab chiqaruvchi zavodning birinchi navbatini ishga tushirish rejalashtirilmoqda.
Hozir Toshkent viloyatining Angren shahrida qurilayotgan korxonaning ishlab chiqarish quvvati birinchi bosqichda yiliga 2 mln taga yaqin yengil avtomobillar shinasini tashkil qiladi.
2018 yilda zavodda konveyer tasmalari va qishloq xo‘jaligi shinalari ishlab chiqarish boshlanadi, yengil avtomobillar shinalari ishlab chiqarish hajmi yiliga 3 mln tagacha, qishloq xo‘jaligi shinalari ishlab chiqarish esa 200 mingtacha oshadi.
Loyihada "O‘zkimyosanoat" va "O‘zavtosanoat" AJ hamda O‘zbekistondagi ikkita yirik tog‘- metallurgiya kombinatlari – Navoiy va Olmaliq TMK ishtirok etmoqda.
"O‘zkimyosanoat"ning loyihadagi ulushi 50 foizni, "O‘zavtosanoat"niki 30 foizni, Navoiy va Olmaliq TMK’larning har biriniki 10 foizni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
20:19 / 14.05.2025
Angrenda ko‘prikning bir qismi qulab tushdi
14:10 / 14.05.2025