Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an «qotil Asad»ni Suriyadagi kimyoviy xurujda halok bo‘lganlarning o‘limida aybladi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning bayonot berishicha, Suriyaning Idlib viloyatiga uyushtirilgan kimyoviy hujum oqibatida 100dan ortiq inson hayotdan ko‘z yumgan. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hujum ortida Suriya prezidenti Bashar Asad turibdi. Turkiya rahbari, shuningdek, uni «qotil» deb atagan.
Shunga qaramay, Erdo‘g‘an halok bo‘lganlarning soni xususidagi bu ma'lumotlarni qayerdaan olganiga oydinlik kiritmagan.
Rasmiy Anqara ma'muriyati uzoq vaqt mobaynida Asadning asosiy tanqidchilaridan biri bo‘lib keldi va uni bir necha marotaba lavozimini tark etishga chaqirdi.
Shu bilan birga, Rossiya va Turkiya Suriya masalasi bo‘yicha hamkorlik qilishni davom ettirmoqda.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
16:19 / 24.05.2025