Jahon | 11:35 / 05.04.2017
5391
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiya YeIdan chiquvchi navbatdagi mamlakat bo‘ladimi: prezidentlikka nomzod shu haqda so‘z yuritmoqda

Fransiya prezidentligi uchun nomzodlardan biri Jan-Lyuk Melanshon respublika YeIning  barcha asosiy shartnomalaridan chiqishi kerak, deb hisoblamoqda. U nomzodlar bilan tashkil etilgan telebahslarda shunday bayonot berdi, deb xabar qilgan TASS agentligi.

«Fikrimcha, Fransiya YeIning barcha asosiy bitimlaridan chiqishi kerak. Bryusseldan turib, qanday ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar o‘tkazishimiz kerakligini o‘rgatishlariga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi», — degan Melanshon.

Uning so‘zlariga ko‘ra, YeI Fransiyadagi mehnatkashlarni o‘ta ekspluatatsiya qilmoqda. Siyosatchining qo‘shimcha qilishicha, YeIning bu cheklovlari Fransiyaga o‘z «salohiyatidan to‘la foydalanishi»ga imkon bermayapti.

U, shuningdek, YeIning Kanada va AQSh bilan erkin savdo to‘g‘risidagi shartnomalari Fransiyaning iqtisodiy holatini «yanada yomonlashtiradi», degan fikrda.

«Agar biz YeI tarkibidan chiqsak, boshqa mamlakatlar bilan keyinchalik tuzilayotgan shartnomalarni o‘zimizga moslashtirishim mumkin bo‘ladi», — degan Melanshon.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid