Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml aksilkorrupsiya mitinglarini aksilterror mitinglarga «almashtirdi»
Rossiya prezidenti ma'muriyati vakili hududlar rahbarlariga 8 aprel kuni aksilterror mitinglar o‘tkazish bo‘yicha tavsiya bergan. Bu haqda «Kommersant'» nashri Kremlga yaqin manbalariga asoslangan holda xabar bergan.
«Gubernatorlarga qo‘ng‘iroq bo‘lgan va ularga xalqni ko‘chalarga chiqarish vazifasi berilgan», – degan manbalardan biri.
Namoyishlarda parlamentdagi partiyalarning barchasi ishtirok etishi taxmin qilinmoqda. Tadbirlar mamlakatning barcha yirik shaharlarida o‘tishi belgilangan. Ayniqsa, 26 mart kuni muxolif siyosatchi Aleksey Navalniyning bosh vazir Dmitriy Medvedevga qarshi tekshiruvlarini qo‘llab-quvvatlagan kishilar aksilkorrupsiya namoyishlarini faol o‘tkazgan shaharlarda shunday ko‘lamdagi aksilterror namoyishlar o‘tkazilishi kerakligiga urg‘u qaratilgan.
«Yedinaya Rossiya» partiyasi aksilterror aksiyalarda ishtirok etishini tasdiqlagan. «Spravedlivaya Rossiya» «hozircha bunday buyruq kelmagani» haqida ma'lum qilgan. KPRF 8 aprel kuni Moskvada ijtimoiy tengsizlik «va boshqa muammolar»ga qarshi tadbirlar o‘tkazilishini bildirgan.
Mitinglarni tashkillashtirish haqida bir necha hududiy ma'muriyatlarda aytilgan. Har bir hududdagi mitingda 4000-4500 ming nafardan kishi qatnashishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
10:37 / 24.03.2025
Peterburgda migrantlarning kelib chiqishi va millatini aniqlaydigan kameralar o‘rnatiladi
12:26 / 22.02.2025
Peterburgdagi qurilish maydonida o‘zbekistonlik migrant halok bo‘ldi
15:39 / 19.11.2024
Peterburgda O‘zbekiston fuqarolari qonuniy tarzda ish bilan ta’minlanadi
13:40 / 21.10.2024