Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy Asadni Suriyada kimyoviy qurol qo‘llashda aybladi
Suriyada kimyoviy quroldan foydalangan holda hujumning amalga oshirilishi Bashar Asadning prezident sifatida «vahshiylik va berahmlik bilan» siyosat yuritishini ko‘rsatadi. Reuters agentligi AQSh davlat kotibi Reks Tillerson bayonotidan shunday iqtibos keltirmoqda.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Asadni himoya qilayotganlar, «xususan, Rossiya va Eron» Asadga yoki uning niyatlari borasida xomxyolga berilmasligi kerak.
«O‘z xalqiga hujum qilish uchun kimyoviy quroldan foydalanganlar insoniylik axloqiga zid harakat qilgan bo‘ladi va javob berishi kerak», — degan Tillerson.
Avvalroq, Suriya armiyasi Idlib viloyatida kimyo qurolini qo‘llaganini rad etgan edi. Ushbu kimyoviy xuruj oqibatida o‘nlab kishilar halok bo‘lgani aytilmoqda.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
13:24 / 30.04.2025
Oq uy Amazon'ning boj miqdorlarini oshkor etish rejalarini tanqid qildi
17:28 / 28.04.2025
Bashar Asad otasining jasadi qoldiqlari o‘g‘irlab ketildi – OAV
17:05 / 24.04.2025