Peterburgda terrorchilarning xabarchilari sifatida gumon qilingan 6 kishi qo‘lga olindi
Sankt-Peterburgda «O‘rta Osiyo respublikalaridan Rossiyaga ishlash uchun kelgan» 6 kishi qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi ma'lum qildi.
Qo‘lga olingan shaxslar terrorchilar safiga yangi odamlarni yollash va Rossiya hududida «Jyebhat an-Nusra» va IShID kabi noqonuniy tashkilotlar targ‘iboti bilan shug‘ullanishda gumon qilingan.
Tergov qo‘mitasining Sankt-Peterburg bo‘yicha boshqarmasi RF Jinoyat kodeksining 1 qism, 205.1 moddasi (terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullanish) bo‘yicha ish ochgan. Xabarda aytilishicha, tintuv vaqtida gumonlanuvchilarning yashash joylaridan «ekstremistik adabiyotlar, ashyo va hujjatlar topilgan hamda tergov uchun musodara qilingan».
Qo‘mitada qayd etilishicha, hozircha ushbu qo‘lga olingan shaxslarning Sankt-Peterburgdagi terakt ijrochisi bilan aloqadorligi aniqlanmagan. Bu masala tergov davomida hal qilinadi.
Tergov qo‘mitasi 4 aprel kuni 3 aprel kungi terakt ijrochisining shaxsini tasdiqladi. Tergovning aniqlashicha, 14 kishining o‘limi va 49 kishining jarohatlanishiga sabab bo‘lgan portlash Qirg‘izistonda tug‘ilgan, 2011 yilda Rossiya fuqarosiga aylangan 22 yoshli Akbarjon Jalilov tomonidan sodir etilgandi. Tergov uning ehtimoliy sheriklarini qidirmoqda.
Mavzuga oid
07:47 / 23.08.2024
Peterburgda murakkab vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga moddiy yordam ko‘rsatildi
13:50 / 11.03.2024
Peterburg yaqinida dron urib tushirildi va kuchli yong‘in chiqdi
14:45 / 24.01.2024
Peterburg portida bojxona bir tonnadan ortiq kokainni musodara qildi
08:34 / 03.06.2023