Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya mudofaa vazirligi Suriyada kimyoviy qurol qo‘llanilganiga doir xabarlarni izohladi
Rossiya mudofaa vazirligining ma'lum qilishicha, Suriya armiyasi aviatsiya kuchlari Xan Shayxun shahridagi kimyoviy qurol saqlanayotgan omborxonaga havo zarbasi bergan. Bu yerdan ushbu ommaviy qirg‘in quroli terrorchilarga yetkazib berilgan.
Suriya aviatsiyasi Idlib viloyatidagi Xan-Shayxun shahridagi terrorchilarning yirik o‘q-dorilar omborxonasiga zarba bergan. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkovga asoslangan holda «Interfaks» agentligi xabar qilmoqda.
Suriya kuchlari yo‘qotgan bazada, Konashenkovga ko‘ra, «zaharlovchi moddalardan fugaslar tayyorlangan». «Ushbu omborxonada tayyorlangan o‘q-dorilar, kimyoviy qurollar Iroq hududiga yetkazib berilgan», — deya izohlagan Rossiya mudofaa vazirligi. «Terrorchilarning bu kabi qurollardan foydalangani xalqaro tashkilotlar va mamlakat rasmiy vakillari tomonidan bir necha marta tasdiqlangan».
4 aprel kuni Londonda joylashgan Suriya inson huquqlari monitoringi markazi xabar qilganidek, Xan-Shayxunga zaharli gaz to‘ldirilgani taxmin qilingan bombalar tashlangani, buning oqibatida kamida 58 kishi, shu juladaan 11 nafar bola ham halok bo‘lgani haqida xabar qilgan edi. Bunda Suriya hukumati ayblangan edi. Biroq, rasmiy Damashq bu ayblovlarni inkor etdi. Unga ko‘ra, Suriyakuchlari kimyoviy quroldan «foydalanmagan va foydalanmayapti». Rossiya mudofaa vazirligi HKK samolyotlari ham kimyoviy zarba bermaganini ta'kidlagan.
Biroq, shunga qaramay, AQSh maxsus xizmati vakili Amerika ayg‘oqchilarining yuz bergan hodisada Bashar Asad tuzumining qo‘li borligini isbotlovchi dalillar mavjudligini ma'lum qilgan edi. Keyinroq, Amerika prezidenti Donald Tramp va davlat kotibi Reks Tillerson ushbu xuruj uchun javobgarlikni Suriya hukumati zimmasiga yuklagan edi.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025