Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tereza Mey Ar Riyodga tashrifi chog‘ida boshiga ro‘mol o‘ramadi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Birlashgan Qirollik TIV ko‘rsatmasiga amal qilishdan bosh tortdi va Saudiya Arabistoniga tashrifi chog‘ida boshiga ro‘mol o‘ramadi, deb xabar qilmoqda The Telegraph.
Nashrning yozishicha, vazirlik ekspertlari Meyga an'anaviy arab ko‘ylagi va ro‘molini kiyishni tavsiya qilgan. Biroq, hukumat raisi mahalliy an'anaga rioya qilish niyatida emasligini aytgan. "Umid qilamanki, xalq menda yetakchini ko‘radi va ayol nimalarga erisha olishi mumkinligini tushunadi", — deya bosh vazir so‘zlarini keltiradi gazeta.
Gazetaning qayd etishicha, Saudiya Arabistoni qonunchiligida xorijiy fuqarolarga bosh kiyimi bilan yurish majburiyatini yuklaydigan modda yo‘q. Ammo, podshohlik mehmonlari yozilmagan qoidaga muvofiq, musulmon a'analarini buzmaslikka harakat qilishadi.

Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025