Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrining ichimlik suvi bilan ta'minlanganlik darajasi 99,7 foizni tashkil etadi
Bugungi kunga kelib, “Suvsoz” davlat unitar korxonasi poytaxtning eng yirik kommunal korxonalaridan biri hisoblanadi. Toshkent shahrini uzluksiz ravishda sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlash, oqava suvlarni qabul qilib tozalash va tabiatga qaytarish korxonaning asosiy vazifasidir.
Toshkent shahri quvvati sutkasiga 2 mln. 326 ming m.kub. bo‘lgan yettita suv inshooti hisobiga ichimlik suvi bilan ta'minlanadi. Jami ichimlik suv tarmoqlari uzunligi - 3628,5 km, ichimlik suvi bilan ta'minlanganlik darajasi 99,7 foizni tashkil etadi. Shahardan chiqayotgan oqava suvlar quvvati 1 million 945 ming metr kub bo‘lgan 3 ta aeratsiya stansiyalarida tozalanadi. Mavjud oqava tarmoqlari umumiy uzunligi - 2634,1 kilometr hamda ushbu tarmoqlarga ulanganlik darajasi 90,0 foizni tashkil qiladi.
Toshkent shahri va uning atrofidagi aholi, muassasa, korxona va tashkilotlarni ichimlik va oqava suv xizmatlari bilan uzluksiz ta'minlash maqsadida quyidagi bo‘linmalar faoliyat yuritmoqda:
- Shahar suv tarmoqlari boshqarmasi;
- Shahar oqava suv tarmoqlari boshqarmasi;
- 7 ta ichimlik suv inshooti;
- 3 ta oqava suvlarni tozalash inshooti;
- Suvtaqsimot bo‘limi;
- “Toshkent suv ta'minoti” sho‘'ba korxonasi;
- “Suvo‘lchagich xizmati” sho‘'ba korxonasi;
- “Suvsoz qurilish” sho‘'ba korxonasi;
- “Musaffo Obi hayot” MChJ;
- “Suvsozabonentxizmati” sho‘'ba korxonasi.
Shaharga uzatilayotgan suvning 80-85 foizi ochiq turdagi Qodiriya va Bo‘z-suv bosh suv inshootlari xissasiga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
14:15 / 09.04.2025
Toshkent shahrida ota 1,7 mlrd so‘m aliment to‘ladi
12:30 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
10:48 / 26.02.2025