Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adliya organlari yuridik xizmatga doir qonunchilikni buzganlarga nisbatan intizomiy ish yuritishni qo‘zg‘atish tashabbusi bilan chiqadi
Adliya organlari yuridik xizmat faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik talablarini buzgan davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari hamda yuridik xizmatlari xodimlariga nisbatan intizomiy ish yuritishni qo‘zg‘atish tashabbusi bilan chiqish huquqiga ega. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Adliya vazirining 2017 yil 10 martdagi buyrug‘i bilan yuridik xizmat faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari talablarini buzgan davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari rahbarlari hamda yuridik xizmat xodimlariga nisbatan adliya organlari tomonidan intizomiy ish yuritishni qo‘zg‘atish tashabbusi bilan chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, Adliya vazirligi yuridik xizmat faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari talablarini buzgan rahbarlar va yuridik xizmat xodimlariga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atishga doir masalalar xususida har yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va Vazirlar Mahkamasiga tahliliy axborot kiritadi.
Mavzuga oid
21:51 / 04.06.2024
Advokat stajyoriga o‘rindoshlik asosida stajirovka o‘tashga ruxsat berildi
19:00 / 05.12.2023
Qarg‘ish uchun javobgarlik belgilangani rad etildi
18:06 / 27.09.2023
Toshkent shahar adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
08:32 / 28.03.2022