Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Suriyada 72 soatlik yarashuv tartibini kiritishga chaqirdi
BMT AQSh, Rossiya, Turkiya va Eronni Suriyada 3 kunlik gumanitar yarashuv tartibini kiritishda ko‘maklashishga chaqirdi. Bu haqda BMTning Suriya bo‘yicha maxsus elchisi Yan Egelann Suriyada gumanitar masalalar bo‘yicha maqsadli guruhning Jyenevada o‘tgan navbatdagi yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra ma'lum qildi.
"Bizga 1 million kishiga ko‘mak ko‘rsatishimiz uchun BMTning aprel-may oylari uchun gumanitar rejasiga "yashil chiroq" kerak. Bu bizga yaqin kunlarda kerak", deb aytdi Egelann.
Uning aytishicha, yig‘ilishda BMT Suriyani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro guruh davlatlariga, jumladan, AQSh, Rossiya va Turkiyaga o‘t ochishni to‘xtatish tartibiga amal qilishni kafolatlovchi davlatlar sifatida gumanitar yordamni yetkazish uchun imkon taqdim qilish chaqirig‘i bilan murojaat qildi.
Egelann Idlibdagi kimyoviy hujum ortida kimlar turganini aniqlash bo‘yicha tergov o‘tkazilayotganini ham ta'kidlab o‘tdi.
"Kimyoviy quroldan bolalar halok bo‘layotgan urush jirkanchdir", deb ta'kidlab o‘tdi Egelann.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
10:48 / 22.05.2025