Jahon | 14:14 / 06.04.2017
43487
4 daqiqa o‘qiladi

General-mayor nima uchun Peterburgdagi teraktning oldi olinmaganini tushuntirib berdi

Rossiya maxsus xizmatlari Sankt-Peterburgdagi portlash bilan bog‘liq holatda to‘g‘ri harakat qilishgan, hamda faqatgina vaqt omili terrorchini aniqlashda xalaqit bergan. Bu haqda Rossiya tashqi va mudofaa siyosati bo‘yicha Qo‘mitasi a'zosi, zaxiradagi general-mayor (Rossiya FXX) Aleksandr Mixaylov RIA Novosti’ga aytib o‘tdi.

"Terakt tayyorlanayotgani haqidagi ma'lumot jiddiy bo‘lganida, Rosgvardiyaga metall buyumlarni qidirish ramkalari cheklanmagan hajmda yetkazib berilar edi hamda barchani ko‘zdan kechirishardi. Terakt aynan qayerda yuz berishi haqida ma'lumot bo‘lmagan", - deya aytib o‘tdi Mixaylov.

"Tekshirish jarayonida shaxs, joy, jinoyatni amalga oshirish bo‘yicha aniq shaklga aloqador ma'lumotga chiqilganida, shunda u qandaydir qiziqish uyg‘otgan bo‘lardi", - deya ta'kidlab o‘tdi ekspert.

Uning taxminicha, Rossiya maxsus xizmatlariga kelib tushgan tezkor ma'lumot bo‘yicha ishlashga vaqt yetmagan.

"Bu dunyodagi barcha maxsus xizmatlarga tegishli: ko‘p narsalar yetishmasa, biz ularni qidiramiz", - degan general.

"Biz kutilmaganda ro‘y bergan voqealar haqida gapirmoqdamiz. Qancha terrorchilik guruhlari aniqlangani va yo‘q qilinganiga ham nazar tashlash lozim. Agarda o‘sha guruhlar aniqlanmay, o‘z maqsadlarini amalga oshirishganida, qanday holat yuzaga kelishi mumkinligini tasavvur qiling. O‘ylashimcha, bizning maxsus xizmatlar Peterburgdagi terakt holatida hammasini to‘g‘ri qilishdi, hamda faqatgina vaqt omili terrorchini aniqlashda xalaqit bergan. Bundan dunyodagi hech bitta maxsus xizmat kafolatlanmagan", - deya aytib o‘tdi Mixaylov.

Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, metrodagi terakt buyurtmachilarining xalqaro terrorchilar bilan aloqasi yo‘q. Aftidan, ularni Rossiyaga terror bilan tahdid solayotgan boshqa yo‘nalishlardan izlash lozim.

"Rossiyada uzoq muddat yashagan hamda Suriyada tug‘ilmagan inson, Rossiyaning Suriyadagi siyosatiga bor e'tiborini qaratmasa kerak. Buni Suriyadagi voqealarda ishtirok etgan qandaydir radikallar qilishganida ham tushunardim. To‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani ko‘rmayapman", - deya aytib o‘tdi Mixaylov.

Uning fikricha, Rossiyaga terrorchilik xavfi faqatgina radikal tashkilotlardan kelayotgani yo‘q.

"Rossiyaga bugungi kunda tahdidlar ko‘p. Bizda Ukraina bilan ham muammolar bor, turli millatchilik tashkilotlari bilan ham munosabat keskinlashgan", - deya ta'kidlab o‘tgan ekspert.

Bundan tashqari, Mixaylovning ma'lum qilishicha, faqatgina texnik nazorat vositalari teraktning oldini olishga imkon bermaydi – tezkor ma'lumot va fuqarolar ogohligi juda zarur.

Uning aytishicha, transport va boshqa obektlarda xavfsizlikni texnik jihatdan ta'minlash yakuniy xarakterga ega bo‘lib, “terrorchilik yoki ekstremistik holatlarni oldini olish bo‘yicha barcha masalalar tezkor-qidiruv faoliyat sohasidadir”.

"Bizning xavfsizlik tizimlari haqidagi qarashlarimiz xavfsizlik tizimlarining o‘ziga mos kelmaydi", - dedi Mixaylov.

Mavzuga oid