Iordaniya qiroli Tramp bilan bo‘yi bir xil ko‘rinishi uchun antiqa usulni qo‘lladi

Vashingtonga tashrif bilan kelgan Iordaniya qiroli Abdulloh II AQSh prezidenti Donald Tramp bilan birga bergan matbuot-anjumanida o‘zidan anchagina bo‘ychan bo‘lgan hamkasbi bilan bo‘yi bir xil ko‘rinishi uchun oyog‘i ostiga quti qo‘ydirdi. Bu haqda Washington Examiner nashri xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, qutini minbar to‘sib turgan, biroq videotasvirning ba'zi joylarida qirolning oyog‘i ostidagi qutini payqash mumkin bo‘lgan.
Ta'kidlash joizki, Trampning bo‘yi 188 sm ni, Abdulloh II’ning bo‘yi esa 165 sm ni tashkil qiladi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, jahon yetakchilaridan Germaniya kansleri Angela Merkelning bo‘yi 165 sm ni, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning bo‘yi esa 170 sm ni tashkil qiladi.
Umuman, AQShning oxirgi prezidentlari bo‘ychanliklari bilan ajralib turadilar: Ronald Reyganning bo‘yi 185 sm ni, Katta Jorj Bush va Bill Klintonniki 188 sm ni, Kichik Jorj Bushniki 182 sm ni, Barak Obamaniki 185 sm ni tashkil qiladi.
Mavzuga oid

10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi

07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi

22:47 / 10.08.2020
Tramp Portlendga milliy gvardiya kuchlarini kiritishga chaqirdi

03:48 / 10.08.2020