Jahon | 15:08 / 06.04.2017
26152
1 daqiqa o‘qiladi

Peterburgda Jalilovning tanishlari qo‘lga olindi

Sankt-Peterburgda metroda portlashni sodir etgan Akbarjon Jalilovning sheriklari ekani gumon qilingan shaxslar qo‘lga olindi. Ular Markaziy Osiyodan bo‘lib, Jalilov bilan aloqada bo‘lib kelishgan.

Rossiya tergov qo‘mitasi rasmiy vakilasi Svetlana Petrenkoning ma'lum qilishicha, ish doirasi Jalilovning tanishlarini qamrab oladi.

«Bu ish doirasida Jalilov bilan aloqador Markaziy Osiyo respublikalaridan bo‘lgan bir necha kishi aniqlandi», — deyilgan xabarda.

Ushbu shaxslar yashagan uyda tintuv o‘tkazilgan.

«Tezkor xodimlar tomonidan ularning kvartiralari tintuv qilinganda ekstremistik adabiyotlar musodara etilgan», — deyilgan xabarda.

ReN TV xabarida bu shaxslar terrorchining sheriklari sifatida talqin etilgan va ularning shaxsi telefon qo‘ng‘iroqlari orqali aniqlangani aytilgan.

6 aprel kuni Jalilov IShIDning Rossiyadagi «uyqudagi yacheyka»si a'zosi ekani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid