Jahon | 14:27 / 06.04.2017
7888
2 daqiqa o‘qiladi

Astraxandagi politsiyachilarga qilingan hujum maqsadi ma'lum bo‘ldi

Foto: RIA "Novosti"

Rossiya tergov qo‘mitasi rasmiy vakilasi Svetlana Petrenko jinoyatchilarning Astraxandagi politsiyachilarga nima maqsadda hujum qilganiga oydinlik kiritdi. Ular boshqa jinoyatlarni sodir etishda huquq-tartibot xodimlarining qurollarini egallab olishni qasd qilgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti agentligi.

«Mazkur harakat huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini yomon ko‘rish hamda boshqa jinoyatlar, xususan, navbatdagi politsiyachilarni o‘ldirishda qo‘llash uchun ularning qurollariga egalik qilish maqsadida amalga oshirilgan», — degan Petrenko. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayblanuvchilarning turar joylarida tintuvlar o‘tkazilgan. Ulardan birining uyidan audioyozuv topilgan. Unda jinoyatchi «ekstremistik qarashlarini izhor qilib, jinoyatlar sodir etishga chaqirgan».

4 aprel kuni Astraxanda YTH ishtirokchilari avtofalokat ro‘y bergan joyga kelgan politsiyachilarga o‘q uzgan va voqea joyidan yashiringan. Keyinchalik, politsiya mahkamasi Astraxan YHXBB xodimlarini o‘ldirganlikda gumonlanuvchilarning ikki nafarini qo‘lga oldi. 6 aprel kuni noma'lum kimsalar Astraxanda avtomobildan Rosgvardiya xodimlariga o‘q uzgan, buning oqibatida rosgvardiyachilar yaralangan, hujum qilganlardan biri o‘ldirilgan edi. Shundan so‘ng, Rosgvardiya jangchilari maxsus amaliyot chog‘ida qolgan barcha gumonlanuvchilarni yo‘q qilgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid