Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ryazan viloyatidagi avtohalokatda 2 kishi halok bo‘ldi, 31 kishi jarohat oldi
Rossiyaning Ryazan viloyatidagi Mixaylovsk tumanida yirik yo‘l-transport hodisasi yuz berdi: M-6 "Kaspiy" trassasida avtobus va yuk mashinasi to‘qnashib ketdi. Oqibatda 2 kishi halok bo‘lgan, 31 kishi jarohat olgan.
Jarohatlanganlar turli og‘irlikdagi jarohatlar bilan Mixaylovsk tuman shifoxonasiga yetkazilganlar.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, YTHga rulda uxlab qolgan yuk mashinasi haydovchisi sababchi bo‘lgan. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligiga viloyatning transportdagi nazorat xizmatidagi manba ma'lum qilgan. Uning aytishicha, haydovchi uxlamasdan va dam olmasdan, me'yoridan ancha ko‘p ishlab yuborgan. Manbaning ma'lum qilishicha, jabrlanganlar orasida 8 nafar bola ham bor. Avtobus haydovchisi va yo‘lovchilardan biri halok bo‘lgan.
Ma'lum qilinishicha, YTH haqidagi xabar 5 aprel soat 23.20da berilgan. Avtohalokat oqibatlarini bartaraf etishda 37 kishi ishtirok etgan hamda 13 ta texnika vositasi jalb qilingan.

Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025