Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahri ta'lim muassasalarida davomat tadbirlari o‘tkazildi
Yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida Toshkent shahrida profilaktika ishlari kuchaytirildi. Toshkent shahridagi ta'lim muassasalaridagi “davomat”lar, o‘quvchi va talabalar tomonidan dars jarayonlarini o‘zlashtirib borish holatlari yuzasidan 322ta maktablardan 11tasida, 78ta kollej va 41ta litseydan 9tasida “Davomat” tadbirlari o‘tkazildi.
O‘tkazilgan tadbirlar davomida 10 nafar maktab, 2 nafar kollej, 1 nafar litsey o‘quvchisi turli sabablarga ko‘ra, dars mashg‘ulotlarida qatnashmayotganligi aniqlandi.
Shu bilan birga, 5ta internet-kafeda o‘tkazilgan reydlar davomida, 6 nafar o‘quvchi dars vaqtida, 2 nafar voyaga yetmaganlar tungi soat 22:00dan so‘ng internet-klubiga tashrif buyurgani aniqlandi.
Qonun buzgan hamda farzand tarbiyasiga mas'uliyatsizlik bilan yondoshib kelgan 3ta internet-kafe ma'muriyati va 3 nafar ota-onaga nisbatan ma'muriy ta'sir choralari ko‘rildi.
Mavzuga oid
18:18 / 11.02.2025
Shovotda profilaktika inspektori eri Rossiyada bo‘lgan ayolning uyida ushlandi
21:03 / 31.01.2025
«Antiterror-tozalash» tadbirlarida 169 nafar shaxs qamoqqa olindi
16:03 / 25.01.2025
Bank xodimasiga nisbatan jurnalist surishtiruvi o‘tkazgan telekanal muxbiri IIBga chaqirtirildi
11:52 / 22.01.2025