Anor tagidagi “dori”: Buxoroda nashafurushlar qo‘lga olindi
Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Qoradaryo” qishlog‘ida yashovchi Yo‘ldosh Xolmurodov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) 2016 yilning bahor oyi boshida cho‘ntagidan 2 dona nasha urug‘ini olib, tomorqasida o‘sayotgan anor daraxti yoniga ko‘mar ekan, uning hosilidan qancha daromad olishini chamalay boshladi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Biroq u giyohvand moddani iste'mol qilgan odamning oilasi, farzandlarining taqdiri haqida o‘ylab ham o‘tirmadi.
Yoz oyigacha yaxshi parvarishlangan nasha barglarini terib olgach, erinmay quritib sotishga tayyorlagan Y.Xolmurodov uzoq kutmadi. Uyida usta-duradgor bo‘lib ishlagan qo‘shnisi Baxtiyor “Dori” topiladimi?”, deb so‘rab qoldi. Ko‘p o‘tmay “mol” Y.Xolmurodovdan Baxtiyorning qo‘liga o‘tdi. U o‘z navbatida “zahri qotil”ni tanishi Sherzodga pulladi.
Paxtachi tumani hududida tarkibida giyohvand moddasi mavjud nashani 240 ming so‘mga savdolashayotgan Baxtiyor Qurbonov huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon shahar sudining hukmi bilan B.Qurbonov 5 yil, Y.Xolmurodov esa 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Mavzuga oid

11:32 / 19.04.2025
Buxorodagi xususiy klinikada 11 yoshli bola ukoldan so‘ng vafot etdi

11:40 / 16.04.2025
Xitoy Buxoroda "aqlli" shahar infratuzilmasini yaratishda qatnashadi

21:10 / 01.04.2025
Fuqarolarning hujjatsiz uy-joylarga nisbatan huquqlarini e’tirof etish boshlandi

18:36 / 31.03.2025