Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» o‘z tarbiyalanuvchisini ortga qaytaradigan bo‘ldi

«Barselona» rahbariyati joriy mavsumdan so‘ng hujumkor yarimhimoyachi Jyerar Deulofeuni qaytarib olish imkoniyatidan foydalanishga qaror qildi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatdi.
Hozirgi vaqtda Deulofeuning transfer huquqi «Everton»ga tegishli, futbolchi ijara asosida «Milan» safida o‘ynamoqda. Tomonlarning shartnomasiga ko‘ra, Kataloniya klubida futbolchini 12 mln. yevro evaziga qaytarib olish imkoniyati mavjud. Yuqorida nomi keltirilgan manba bergan ma'lumotlarga ko‘ra, Ispaniyalikning joriy mavsumdagi o‘yini ispan grandining e'tiborini tortdi.
«Barselona» jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlanmaganiga qaramay futbolchini qaytarishga qaror qilgan. Agar «Barselona» ishonch bildirayotgan mutaxassis Deulofeuni o‘z tarkibida ko‘rmasa, futbolchi yana transferga qo‘yiladi.
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025