Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Bo‘rijar” jome masjidi imom-xatibi xayriya tadbirida qatnashdi
Toshkent shahrining Chilonzor tumani ko‘p millatli xalq hisoblanadi. Unda inoqlikda yashayotgan yoshu qarining ko‘nglini olish, ularga e'tibor ko‘rsatib, yaxshilikka chaqirishda imom-xatiblarning ham mas'uliyati bor.
Shu yilning 4 aprel kuni Chilonzor tumani bosh imomi, “Bo‘rijar” jome masjidi imom-xatibi Husniddin Abdukarimov masjid jamoasi bilan tumandagi turli millatga mansub boquvchisini yo‘qotgan keksalar xolidan xabar olib, ular bilan muloqotda bo‘ldi.
Ko‘rsatilagan bu samimiy g‘amxo‘rlikdan ko‘zlariga sevinch yoshini olgan otaxonu-onaxonlarimiz, avvalo ko‘ngillari shod bo‘lgani va shuning o‘zi har narsadan ustun bo‘lishini aytib, jannatmakon yurtimiz, bag‘rikeng xalqimiz haqqiga duolar qildilar.



O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi
Mavzuga oid
18:02 / 20.05.2025
Toshkentda kanalga tushib ketgan qizni qutqargan erkak halok bo‘ldi
20:18 / 08.05.2025
Bill Geyts 20 yil ichida deyarli barcha boyligini xayriyaga yo‘naltirishiga va’da berdi
15:18 / 06.03.2025
“Ezgu Amal” jamg‘armasi yangilangan nizomini e’lon qildi
14:40 / 01.03.2025