Eron TIV: AQSh "Al-Qoida" va IShID tomonda jang qilmoqda
AQSh Yaman va Suriyada "Al-Qoida" hamda IShID terrorchi guruhi tomonida jang qilmoqda. Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif o‘zining Twitter'dagi sahifasida shunday fikr bildirdi.
"11 sentabr teraktlaridan 20 yil ham o‘tgani yo‘q, AQSh esa Yaman va Suriyada "Al-Qoida" hamda IShID tomonda jang qilmoqda. Aldov va qo‘llab-quvvatlashlarga chek qo‘yish vaqti keldi", - deb yozadi Zarif.
"AQSh 1980-yillarda Saddam Husaynga Eronga qarshi kimyoviy qurol qo‘llashda yordam bergan, keyin esa kimyoviy qurollar bilan bog‘liq soxta ayblovlardan foydalanib, harbiy kuch ishlatishga o‘tgan - dastlab 2003 yilda, endi esa Suriyada", - deya qo‘shimcha qildi vazir va Eron umuman ommaviy qirg‘in qilish qurollaridan foydalanishni qoralashini ta'kidladi.
Payshanba kuni AQSh Qurolli kuchlari prezident Donald Trampning farmoni bilan Suriyaning Xoms provinsiyasidagi harbiy aerodromdan 59 ta Tomahawk raketasini ishga tushirdi. AQSh rahbariyati ushbu zarbani 4 aprel kuni Suriyaning Idlib provinsiyasida qo‘llangan kimyoviy qurolga javob deb atadi. Pentagon ma'lumotlariga ko‘ra, taxmin qilinayotgan kimyoviy hujum aynan shu aerodromdan boshlangan.
Mavzuga oid
13:30 / 10.11.2024
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024
“G‘arbning geosiyosiy ochko‘zligi kelishmovchiliklar bosh sababi” – Putinning “Valday”dagi chiqishi
20:42 / 09.11.2024
Oq uy Trampning saylovlardagi g‘alabasidan keyin Ukrainaga harbiy yordam yuborishni tezlashtirdi
16:25 / 09.11.2024