O‘zbekiston | 15:35 / 07.04.2017
10543
2 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro Press-klub vazifalariga nimalar kiradi?

Bugun O‘zbekistonda birinchi marta Xalqaro Press-klub (XPK) faoliyatiga start berildi. XPK mamlakat iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar haqidagi  obektiv axborotni keng xalqaro jamoatchilikka yetkazishni maqsad qilgan. 

Xalqaro Press-klub vazifalariga quyidagilar kiradi:

- davlat boshqaruv organlari, ekspertlik hamjamiyati vakillari, chet el va mahalliy mutaxassislar bilan ommaviy axborot vositalari ishtirokida mavjud muammolarni muhokama qilish, ilg‘or xalqaro tajribalarni tadbiq etish va muammolarni hamkorlikda hal qilish yo‘llarini ishlab chiqishga qaratilgan muqobil muloqot maydonini shakllantirish;

- davlat, fuqarolik jamiyati va OAV o‘rtasidagi ochiq muloqot asosida mamlakatning ijobiy imidji va brendingini mustahkamlashga ko‘maklashish;

- O‘zbekistondagi qulay investitsion iqlimni shakllantirishva saqlab qolish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilishga qaratilgan islohotlar mazmun-mohiyatini ochib berish;

- mamlakat aholisi va xalqaro jamoatchilik orasida dolzarb vazifalarni muhokama qilish, jamoatchilik fikri asosida uchrashuv hamda muloqotlar mavzusi va ishtirokchilar qatlamini to‘g‘ri belgilagan holda maqbul axborot fonini shakllantirishda qatnashish.

Tashkilotchilarning ta'kidlashiga ko‘ra, Xalqaro Press-klubda mansabdor shaxslar, vazirlik va idoralar rahbarlari, mutaxassislar ishtirokida yig‘ilishlar, panel diskussiyalari va mahorat darslarini tashkil etadi. Mavzular ko‘lami: Xalq qabulxonalari faoliyati natijalari, O‘zbekiston tashqi siyosati, inson huquqlari himoyasi, harakatlar strategiyasini tadbiq qilish. 

Shuningdek XPKda O‘zbekistonga tashrif buyuradigan xorijiy delegatsiyalar, nufuzli xalqaro tashkilotlar va rasmiy doira vakillari ishtirokida media-uchrashuvlar tashkil etiladi. 

Xalqaro Press-klub raisi etib Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti jurnalistika fakulteti kafedra mudiri Sherzod Qudratxo‘jayev saylandi

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid