Iqtisodiyot | 09:02 / 07.04.2017
13785
1 daqiqa o‘qiladi

LUKOYL O‘zbekistonda 40 milliard kubometr tabiiy gaz qazib oldi

Rossiyaning «LUKOYL» kompaniyasi O‘zbekistonda 40 mlrd. kubometr gaz qazib oldi. Bu haqda kompaniya matbuot relizida aytiladi.

Ta'kidlanishicha, gazning taxminan 82 foizi Buxoro viloyatidagi Xauzak-Shodi va Quvachi-Olot hududlarida qazib olingan.

LUKOYL O‘zbekistonda ikkita yirik sarmoyaviy loyihani amalga oshirmoqda - «Qandim-Xauzak-Shodi» va «Janubi-G‘arbiy Hisor».

LUKOYL’ning ta'kidlashicha, Xauzak konida gaz qazib olish 2007 yilda boshlangan. 2011 yilda esa kompaniya G‘arbiy Shodi qismini ishga tushirdi.

Ma'lumot uchun, «LUKOYL» kompaniyasining O‘zbekiston iqtisodiyotiga sarmoyalari hajmi 4,6 mlrd AQSh dollaridan oshib ketdi. Bundan tashqari, «LUKOYL» quvvati yiliga 8,1 mlrd kub. m. gaz bo‘lgan Qandim gazni qayta ishlash majmuasini qurish ishlarida ishtirok etmoqda.

Mavzuga oid