Fan-texnika | 20:37 / 08.04.2017
15703
1 daqiqa o‘qiladi

Infiniti yangi yo‘ltanlamasining dizaynini oshkor qildi

Foto: motor.ru

Infiniti kompaniyasi QX80 Monograph deb atalgan katta kontseptual yo‘ltanlamas modelining ilk suratlarini chop etdi. Bu model keyingi avloddagi QX80 modelining kontsepti hisoblanadi. Avtomobilning ilk namoyishi Nyu-York motorshousida bo‘lib o‘tadi.

Prototip Infiniti‘ning Yaponiyadagi Atsugi shahridagi dizayn-studiyasida yaratilgan. Mashinaning tashqi ko‘rinishi QX Sport Inspiration prototipi uslubida yaratilgan. 

Keyingi avlod QX80 modeli 8 silindrli dvigateldan mahrum bo‘ladi. Uning o‘rnini hozirda Q50 sedani va Q60 kupesiga o‘rnatiluvchi 6 silindrli turbirlangan dvigatel egallaydi. Motor versiyasiga qarab 300 yoki 405 ot kuchi beradi.

Mavzuga oid