Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq bosh vaziri Amerikani Suriyadagi mojarolarga barham berishga chaqirdi
Iroq bosh vaziri Haydar al Obodiy AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens bilan o‘tkazgan telefon orqali muloqotida Suriyadagi zo‘ravonliklarga chek qo‘yish zarurligini qayd etdi. Bosh vazir kotibiyati shu haqda ma'lum qildi.
"Bosh vazir Suriyada zo‘ravonliklarga barham berish bo‘yicha kompleks reja ishlab chiqish va IShID guruhi hamda boshqa terrorchilik tuzilmalarini yo‘q qilish uchun sa'y-harakatlarni birlashtirish haqida so‘z yuritdi", - deyiladi xabarda.
Suriyada vujudga kelgan vaziyat xususida fikr bildirgan al Obodiy "Iroq Suriyada kimyoviy qurol qo‘llanilganini qoralab, uni jinoyat sifatida baholagan".
4 aprel kuni Reuters agentligi "Inson huquqlarini monitoring qilish bo‘yicha Suriya markazi" (The Syrian Observatory for Human Rights)ga tayangan holda, Idlib viloyatining Xon Shayxun shahrida kimyoviy qurol qo‘llanilgani, unda 58 kishi, shu jumladan 11 bola o‘lgani haqida xabar qilgan edi.
AQSh HDKning O‘rta yer dengizidagi ikki kemasi prezident Donald Tramp buyrug‘i asosida 6 aprel tunda 59ta qanotli Tomahawk raketalari bilan Suriya aviabazasiga zarbalar berdi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025