Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada ushlangan o‘zbekistonlik jinoyatchi O‘zbekistonga topshirildi
O‘zbekistonda o‘lim bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasini sodir etgandan keyin Moskvada yashiringan o‘zbekistonlik fuqaro Rossiyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi.
Moskva prokuraturasi matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, erkak O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida (odamning o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l harakati xavfsizligi yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi) ko‘zda tutilgan jinoyatni sodir etgani uchun 2 yil davomida qidirilgan.
Ayblanuvchi 2016 yil 23 iyunda Toshkent shahrida nosoz holdagi "Damas"da piyodalar o‘tish joyida odam urib ketgan. U 2016 yil noyabrda Moskva markazida politsiya xodimlari tomondan ushlangan.
Ayni vaqtda qochoq O‘zbekiston huquq-tartibot idoralariga javobgarlikka tortish uchun topshirilgan.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
14:35 / 08.05.2025