Si Tszinpin va Donald Tramp Suriyani muhokama qilishdi
Xitoy xalq respublikasi raisi Si Tszinpin va AQSh prezidenti Donald Tramp avvalroq bo‘lib o‘tgan o‘zaro uchrashuvlari davomida Suriyani muhokama qilishgan, deb xabar berdi XXR TIV rasmiy vakili Lu Kan.
"Uchrashuv davomida ikki davlat yetakchilari bu masalani ham (Suriya) muhokama qilishdi. XXR raisi Si Tszinpin Xitoyning doimiy pozitsiyasini tushuntirib berdi, unga ko‘ra, mamlakat kimyoviy qurolni qo‘llashga qarshi chiqadi. Uning ta'kidlashicha, ayni damda vaziyat yanada yomonlashishiga yo‘l qo‘ymaslik birinchi galdagi vazifa sanaladi", - deya Lu Kanning so‘zlarini keltiradi Xitoy tashqi siyosat idorasi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh juma kuni Suriyaning Xoms viloyatidagi Shayrot aerodromiga qanotli raketalar bilan zarba berdi. Qo‘shma Shtatlar hukumati Idlib viloyatidagi kimyoviy hujum aynan shu yerdan amalga oshirilgan, degan fikrda.
Mavzuga oid
16:11 / 09.09.2024
Suriyada Isroil zarbasi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi
21:57 / 07.09.2024
AQSh Iroqdan qo‘shinlarini olib chiqish sanasi ma’lum bo‘ldi - OAV
12:52 / 10.08.2024
Suriyada Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan guruhlar hujumida 11 kishi halok bo‘ldi
15:07 / 07.08.2024