Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
16 aprel kuni Turkiya demokratiyaning yangi tarixiy bosqichiga o‘tadi
Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 16 aprel kuni Turkiya konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish foydasiga ovoz berish yo‘li bilan demokratiyani mustahkamlashning yangi bosqichiga o‘tishini ma'lum qildi. Bu haqida Daily Sabah nashri xabar berdi.
"16 apreldan keyin Turkiya demokratiyasi yanada mustahkamlanadi. Siz odamlarga o‘z fikringizni singdirishga urinishingiz mumkin, lekin saylov natijasi xalqning tanlovidan kelib chiqadi. Saylovchilarning "ha" javobi ham, "yo‘q" javobi ham hurmatga loyiq", - dedi Erdo‘g‘an Izmirdagi referendumga doir namoyishda Respublika xalq partiyasi (RXP) deputatlariga yuzlanar ekan.
Erdo‘g‘an "Konya" rahbar o‘rinbosari Husnu Bo‘zkurtning bahsli bayonotlarini tanqid qildi. Bo‘zkurtning so‘zlariga ko‘ra, 16 aprel kuni saylovchilarning "ha" deya javob berishi dengizga tashlangandek gap.
"Nima degan gap: demokratiya qayoqda qoldi? Erkinlik-chi? Sen men uchun ovoz berishga qaror qidingmi?", - dedi prezident.
O‘tgan haftada Bo‘zkurt konstitutsiyaga tuzatish tarafdorlariga tahdid qildi: "Agar referendumda tasdiq javobini berganlar g‘olib bo‘lsa, xursandchiligingiz uzoqqa bormaydi. Biz sizni baribir tinch qo‘ymaymiz, Samsundan boshlab to Izmirgacha".
Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim referendumda "yo‘q" javobini berishni targ‘ib qilayotganlar taraqqiyot yo‘lida hech qanday va'da bera olmasligini aytgan. Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, bu faqat siyosiy inqirozga olib keladi.
16 aprel kuni 55,3 million turk fuqarosi mamlakat konstitutsiyasiga tuzatishlar kiritishga bag‘ishlangan referendumda ovoz berishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
10:51 / 24.03.2025
Parijdagi referendum natijasi: yana 500 ta ko‘cha piyodalarga ajratiladi
23:01 / 06.11.2024
Qatar aholisi parlament saylovlaridan voz kechishga ovoz berdi
11:10 / 01.11.2024
Moldova KS YeIga integratsiya bo‘yicha referendum natijalarini ma’qulladi
21:07 / 21.10.2024