Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekvador prezidenti saylovlar kunidagi xakerlik hujumi haqida ma'lum qildi
Ekvador prezidenti Rafael Korrea saylovlar kunida mamlakatning Milliy saylov kengashi (MSK) sayti AQSh tomonidan buzib kirilganini ma'lum qildi. Bu haqida Telegrafo nashri xabar berdi.
"Gap milliy va xalqaro huquqqa qarshi siyosiy fitna haqida bormoqda, zero ular mag‘lubiyatga uchrashlarini va Ekvador juda muhim ahamiyatga ega ekanini yaxshi bilishgan, ular noumidlikdan mag‘lubiyatni qabul qilishni istashmagan", - dedi Korrea Los Rios provinsiyasidagi chiqishida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shu kunning o‘zida ECU-911 xavfsizlik xizmatining rasmiy saytiga ham kiberhujum uyushtirilgan.
Ekvador saylov hukumatlari 2 aprelda bo‘lib o‘tgan mamlakat prezidenti saylovlari ikkinchi bosqichidagi ovozlarni qisman qayta hisoblashni boshlashgan. Saylovlar natijalari bo‘yicha mamlakatning besh provinsiyasi - Chimboraso, Imbabura, Pichincha, Kotopaksi va Karchida norozilik namoyishlari qayd etilgan.
Ekvador milliy saylov kengashi seshanba kuni hukmron chap-markaz kuchlari nomzodi Lenin Morenoning g‘alabasi haqida rasman e'lon qilgan, u prezidentlik poygasining ikkinchi bosqichida 51,14 foiz ovoz to‘plagan. Uning raqibi Gilermo Lasso esa 48,86 foiz ovozga ega bo‘lgan. Saylovlardan keyin Lasso ularning natijasidan norozi ekanini aytgan va byulletenlarni qayta hisoblab chiqishni talab qilgan.
Mavzuga oid
12:16 / 19.05.2025
Ruminiyada prezidentlik saylovida Buxarest meri g‘alaba qozondi
11:44 / 19.05.2025
Polshada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tadi
13:35 / 14.04.2025
Ekvadorning amaldagi prezidenti saylovlarda g‘alaba qozondi
17:06 / 07.04.2025