Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erkak "amerikancha tepaliklar" attraksionida qush bilan to‘qnashdi
Ispaniyada bir erkak "amerikancha tepaliklar" attraksionida uchish vaqtida qush bilan to‘qnashib ketdi. Ushbu holatning attraksion vagonetkasiga o‘rnatilgan kameradan yozib olingan videosi YouTube’dagi ValeRocks kanalida joylashtirildi.
Voqea Barselona yaqinidagi "Park Aventura" ko‘ngilochar bog‘ida yuz bergan. Yevropadagi eng katta vertikal tezlashtirgich Red Force’da uchish vaqtida erkakning tomog‘iga parvoz qilayotgan qush kelib urilgan. Ko‘rinishicha, zarba kuchli bo‘lganidan erkak bir fursat nafas ololmay qolgan. Erkak bir necha soniyadan keyin o‘ziga kelgach, unga qush kelib urilganini anglagan va tomog‘iga yopishib qolgan qushni chetga otib yuborgan. Erkak, shuningdek, qushning urilishidan yuzidan jarohat olganini ko‘rish mumkin.
Videoga qoldirilgan izohlarda vagonetkaning 180 km/soat tezlik bilan harakatlangani va erkak yuzida to‘qnashuvdan keyin qon izlari qolganidan qushning taqdiri erkaknikidan ancha ayanchliroq tugagani taxmin qilingan.
Mavzuga oid
13:40 / 24.05.2025
Ispaniya banki O‘zbekistonda loyihalarni moliyalashtirishga qiziqish bildirmoqda
18:05 / 21.05.2025
Madrid yaqinida ukrainalik siyosatchi Andrey Portnov otib ketildi. U Yanukovichning sobiq safdoshi edi
18:13 / 20.05.2025
Ispaniyada internet va mobil aloqa uzilib qoldi
18:21 / 18.05.2025