Jahon | 20:32 / 09.04.2017
122305
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Stokholm terakti ijrochiligida gumonlanayotgan o‘zbekistonlikning shaxsi ma'lum qilindi

7 aprel kuni Stokholm teraktidan keyin ushbu terakt ijrochisi sifatida gumon qilinib qo‘lga olingan shaxs O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, uning ismi-sharifi Rahmat Oqilovdir. Bu haqda Shvetsiyadagi Expressen nashri xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, Oqilov 2014 yilning noyabrida Shvetsiyadan boshpana so‘rab murojaat etgan. 2016 yilning iyunida hukumat uning so‘rovini rad etgan va keyinchalik uni deportatsiya qilish bo‘yicha sud qarori chiqarilgan. Shundan so‘ng Oqilov bedarak ketgan va u qidiruvga berilgan.

Gazetaning yozishicha, gumonlanuvchi ijtimoiy tarmoqlar orqali IShID bilan aloqada bo‘lib turgan, u shuningdek, portlovchi qurilmalar bilan ishlashdan ham xabardor bo‘lgan.

Politsiyadagilar tekshiruvlar ushbu gumonlanuvchi haqiqatdan ham terakt ijrochisi ekanini ko‘rsatayotgani haqida aytishgan.

7 aprel kuni Spendrups kompaniyasiga tegishli bo‘lgan o‘g‘irlab ketilgan yuk mashinasi Stokholm markazidagi Drottninggatan ko‘chasida odamlar ustiga haydaldi. Ushbu hodisa oqibatida 15 kishi jarohat oldi va 4 kishi halok bo‘ldi.

 

Mavzuga oid