Kseniya Sobchak Putinga kutilmagan videomurojaat bilan chiqdi
Sankt-Peterburgda ro‘y bergan voqealardan keyin tele va radioboshlovchi, jurnalist, jamoat arbobi Kseniya Sobchak Rossiya prezidenti Vladimir Putinga videomurojaat bilan chiqdi.
Sobchak «Dojd» telekanalidagi mualliflik ko‘rsatuvida 3 apreldagi voqea uning oilasi uchun ham fojiaga aylanishi mumkinligini aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shu kuni xolasi teraktdan 10 daqiqa oldin "Texnologicheskaya" stansiyasidan o‘tgan bo‘lgan.
Sobchak murojaati davomida shu kuni Vladimir Putin ona shahrida bo‘lgani va terakt deyarli uning "ko‘z o‘ngida" sodir bo‘lganini ta'kidlab o‘tadi.
"Nima uchun bu siz Federal xavfsizlik xizmatining barcha oliy ofitserlarini shaxsan taniydigan shaharda sodir bo‘ldi?", - deya savol bilan yuzlanadi teleboshlovchi.
"Piterga hujum qilish buyuk derjava tarixi va sizning ko‘p yillik prezidentligingizga qasd qilishdir. Ular sizning uyingizda ommaviy qotillik sodir etishdi", - deydi u.
Videomurojaatda Kseniya Sobchak davlat rahbarini maxsus xizmatlar e'tiborini muxolifat bilan bema'ni kurashlardan ko‘ra mamlakat xavfsizligiga qaratishga chaqirib qoladi.

Mavzuga oid

23:48 / 20.05.2025
Putin va Tramp muloqoti: bu gal ham hech qanday natija bo‘lmadi

20:09 / 20.05.2025
«Putin uchun yengil g‘alaba». Trampning Rossiya prezidenti bilan muloqotiga jahon matbuoti qanday munosabat bildirdi?

17:07 / 20.05.2025
Putin Trampga 9 may kuni Kreml yaqinida teraktlarning oldi olingani haqida gapirdi

10:46 / 20.05.2025