Norvegiya poytaxtida shubhali buyum tufayli qo‘lga olingan shaxs Rossiya fuqarosi bo‘lib chiqdi
Norvegiya poytaxti Oslo shahrida portlovchi qurilma o‘rnatishda gumon qilinib qo‘lga olingan shaxs Rossiya fuqarosi va u 17 yoshda. Bu haqda Norvegiya politsiyasi vakili Signe Aaling ma'lumot bergan.
NRK teleradiokompaniyasi ma'lumotiga ko‘ra, ushbu yosh yigit 2010 yilda o‘z oilasi bilan Rossiyadan Norvegiyaga kelgandi.
Ayni vaqtda u portlovchi qurilmalar bilan noqonuniy muomala qilishda ayblanmoqda.
8 aprel oqshomida Oslo shahri markazidagi Gryonlann tumanida favqulodda holat e'lon qilindi. Bunga hududdan portlovchi qurilmani eslatuvchi shubhali buyum topilgani sabab bo‘ldi.
Keyinchalik shubhali buyum portlatib yo‘q qilindi. Ushbu ishga aloqadorlikda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi.
Mavzuga oid

16:03 / 17.05.2025
O‘zbekiston elchisi Norvegiya qiroliga ishonch yorlig‘ini topshirdi

20:44 / 02.05.2025
Polshada Norvegiyaning eng badavlat insonlaridan biri YTH oqibatida halok bo‘ldi

22:17 / 29.04.2025
Shpitsbergen arxipelagidagi yer maydoni 300 mln yevroga sotilishi mumkin

16:49 / 15.02.2025