Jamiyat | 12:42 / 09.04.2017
13437
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada ichida 21 kishi bo‘lgan havo shari qulab tushdi

Turkiyaning Kappadokiya viloyati hududida joylashgan Nevshehir shahri yaqinida xorijlik sayyohlar mingan havo shari qulab tushdi.

Hurriyet xabariga ko‘ra, ushbu hodisa oqibatida fransiyalik sayyoh halok bo‘lgan hamda Fransiya, Kolumbiya va Turkiya fuqarolari bo‘lgan 20 kishi jarohatlangan. Jabrlanuvchilar shifoxonalarga yetkazilgan.

Kappadokiya — Anqaradan 250 kilometr masofada joylashgan tarixiy hudud bo‘lib, YuNeSKOning butundunyo madaniy yodgorliklari ro‘yxatiga kiritilgan. 2014 yilda ushbu hududda 5 ming yillik tarixga ega qadimiy shahar qoldiqlari topilgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid