Sport | 10:11 / 09.04.2017
5226
1 daqiqa o‘qiladi

JCh-2026 mezbonligi uchun AQSh, Kanada va Meksika qo‘shma ariza topshiradi

AQSh, Meksika va Kanada 10 aprel kuni 2026 yilgi jahon chempionati mezbonligi uchun qo‘shma ariza topshirishi kutilmoqda. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbaga asoslangan holda AP agentligi xabar tarqatdi.

Bu qaror 8 aprel kuni Shimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib havzasi futbol konfederatsiyasi (KONKAKAF) kongressi vaqtida qabul qilingan.

Manbaning aytishicha, bu haqda dushanba kuni Manhettenda e'lon qilinadi.

2026 yilgi jahon chempionati tarixda 48 terma jamoa ishtirok etadigan ilk turnir bo‘ladi. Ushbu turnir mezbonligi uchun Angliya, Kolumbiya, Qozog‘iston, Turkiya va Ozarboyjon hamda Avstraliya va Yangi Zelandiya kabi davlatlar ham da'vogar bo‘lib turibdi.

Turnir mezboni nomi 2020 yilning mayida ma'lum qilinadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid