Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ivanka Tramp otasining Suriyaga raketa zarbalarini yo‘llash qaroriga ta'sir ko‘rsatgan
AQSh prezidentining qizi Ivanka Tramp otasining Suriyaga raketa zarbalarini berish qaroriga sezilarli darajada ta'sir ko‘rsatdi. Bu haqida The Independent Buyuk Britaniyadagi diplomatik doiradagi manbalariga asoslanib, xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Buyuk Britaniyaning Vashingtondagi elchisi Kim Darrok bosh vazir Tereza Mey va tashqi ishlar vaziri Boris Jonsonga Donald Trampning Suriyadagi kimyoviy hujumlar haqidagi xabarlardan "chuqur ta'sirlangan"i ma'lum qilingan hujjatni yo‘llagan.
Biroq, gazeta manbalarining xabar berishicha, diplomatning murojaatlarida Ivankaning pozitsiyasi "Oval xonaga sezilarli ta'sir ko‘rsatgan"i, shu munosabat bilan AQSh prezidentining reaksiyasi "kutilagindan-da kuchli" bo‘lgani aytilgan.
Ta'kidlash joizki, Ivanka o‘zining Twitter'dagi sahifasida Suriyaga raketa zarbalarini yo‘llagan otasi bilan faxrlanishi haqida yozgan edi.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025