Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pekin hukumati ayg‘oqchilarni fosh etganlarga pul mukofoti va'da qilmoqda
Pekin ma'muriyati chet ellik maxsus xizmat josuslarini aniqlash borasida yangi dasturni amaliyotga tatbiq etishni boshladi. Unga ko‘ra, xorijiy ayg‘oqchilar va razvedka xizmatlari xodimlarining faoliyatini fosh etishga yordam beruvchi ma'lumotlarni taqdim etgan fuqarolarga 500 ming yuan (72,4 ming dollar) pul mukofoti beriladi, deb xabar qilmoqda Xitoy OAV.
Boshqarma 10 aprel kuni "Josuslik faoliyatini fosh etganlik uchun fuqarolarni moddiy rag‘batlantirish dasturi"ni e'lon qildi.
Shahar jamoat xavfsizligi boshqarmasi bayonotida aytilishicha, xorijiy razvedka xizmatlari, josuslar va "boshqa dushman kuchlar" xorijiy davlatlar bilan aloqalarning kengayishidan, mamlakatga keluvchi va undan chiquvchilar sonining ortishidan foydalangan holda "siyosiy norozilik, ayirmachilik faoliyati, isyonga chorlovlar va boshqa turdagi tartibsizliklarga chaqiriqlar"ni amalga oshirishmoqda.
12 moddadan iborat hujjatda xabarlarning muhimligiga ko‘ra belgilangan narxlar jadvali ham keltirilgan. Josuslar faoliyatini sezgan fuqarolar ular haqida telefon orqali, maktub yuborish yoki davlat xavfsizligi boshqarmasiga rasman kelish bilan ma'lum qilishlari mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025