Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbek haydovchilari lol qoldirishda davom etishmoqda: Buxorodagi noodatiy holat (foto)
Ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlardan birida noodatiy fotosurat e'lon qilindi. Unda haydovchining o‘zi va yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilariga nisbatan hurmatsizligi yoqqol namoyon bo‘ldi.
Tasvirlar Buxorodan olingan bo‘lib, unda “Neksiya” haydovchisining o‘z mashinasida juda katta hajmdagi gazlamani olib ketayotganini ko‘rish mumkin. U transport vositasiga ancha qiziq tarzda joylashtirilgan – avtomobil orqa derazalari orqali joylashtirib qo‘yilgan. Hech shubha yo‘qki, bunday avto dunyoning istalgan mamlakatidagi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan to‘xtatilardi, bizda esa...
Bu fotosuratga qator izohlar ham qoldirilgan. Ulardan birida: "U telefonda ham gaplashmoqda, shekilli???", - deya yozilgan bo‘lsa, boshqasida “Yukxonaga ham o‘n qop sement joylashtirsa bo‘lardi”, deyilgan.




Xullas, so‘nggi paytlarda O‘zbekiston yo‘llarida bunday g‘ayrioddiy holatlarni ko‘plab uchratish odat tusiga kirib qoldi...
Mavzuga oid
11:21 / 23.05.2025
4 oyda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil ma’lum qilindi
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
19:05 / 12.05.2025