Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAning 5 fuqarosi ko‘cha poygalari uchun jazo sifatida ko‘cha supuruvchi bo‘lib ishlab beradi
Dubay sudi BAAning 5 nafar fuqarosini va Fors ko‘rfazi davlatidan bo‘lgan yana bir kishini yo‘llarda sport mashinalarida poyga uyushtirganliklari uchun jamoat ishlarini bajarish bilan jazoladi. Bu haqda BAA bosh prokuraturasi bergan xabarda ma'lum qilindi.
"Yo‘l harakati qoidabuzarlari yo‘llardagi mas'uliyatsiz xatti-harakatlari uchun jamiyatga foyda keltirish bilan jazolanishlari kerak", deb aytilgan xabarda.
Poyga mashinalari va katta tezliklar ishqivozlari jazo sifatida ko‘cha supurish va AYoQShda mashinalarga yoqilg‘i quyish kabi, BAAda eng "qora" ish hisoblanuvchi ishlarni bajaradilar. Ularga berilgan jazo muddati 1 oydan 3 oygacha davom etadi. Eng katta jazo muddatini esa mashinasini bolalar maydonchasi yonida "uchirgan" haydovchi oldi.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
03:00 / 08.05.2025