Oq akula polyuvgich yordamida quvib yuborildi (video)
Avstraliyaning Viktoriya shtatidagi dengizchilar qayiq yoniga yaqinlashgan oq akulani polyuvgich (shvabra) yordamida haydab yuborishdi. Bu haqda UPI internet nashri xabar bermoqda.
Dengizchilar baliqchilik bilan shug‘ullanishayotgan paytda akula paydo bo‘lgan. Jamoa a'zolaridan biri polyuvgichni oldi va yirtqichni haydashga tushdi.
"Biz vahimaga berilmadik, biroq biroz asabiy vaziyat yuzaga keldi... Akula motor parraklaridan jabr ko‘rmadi", - deya ma'lum qildi baliqchilardan biri. Jamoa a'zolarining ta'kidlashicha, bu chaqirilmagan mehmonni shu tariqa haydab yuborishlari bilan bog‘liq birinchi shunday holat emas.
Oq akulalar Yerdagi eng yirik baliqlardan sanalib, inson uchun katta xavf tug‘diradi, shuning uchun odamxo‘r-akula nomini olgan.
Mavzuga oid
18:59 / 11.11.2024
Imperator pingvini ilk bor Avstraliya sohillariga qadar suzib bordi
22:21 / 09.11.2024
Avstraliya plyajlarida ochlikdan qiynalgan minglab bo‘ronqushlar jasadi paydo bo‘ldi
23:05 / 07.11.2024
Avstraliyadagi plyajdan topilgan sirli sharlar tarkibi ma’lum bo‘ldi
19:11 / 07.11.2024