Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyada ikki nafar rossiyalik harbiy xizmatchi halok bo‘ldi
Rossiya mudofaa vazirligi xabar qilishicha, Suriyada jangarilarning hujumi oqibatida ikki nafar rossiyalik harbiy xizmatchi hayotdan ko‘z yumdi. Yana bir askar og‘ir yaralangan, shifokorlar uning hayoti uchun kurashmoqda.
Vazirlikning qayd etishicha, rossiyalik shartnoma asosida xizmat qiluvchi harbiylar Suriya armiyasining bo‘linmalaridan birida bo‘lgan. Ular harbiy maslahatchi bo‘lgan ofitser bilan birga aniq o‘q otishni o‘rgatuvchi instruktorlar sifatida faoliyat yuritgan. Jangarilar ularni minomyotlardan o‘qqa tutgan.
"Qo‘mondonlik rossiyalik harbiy xizmatchilarni davlat mukofotlariga taqdim etdi", — deb qo‘shimcha qilingan Mudofaa vazirligi xabarida.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025