Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Suriya bilan chegarada 556 kilometrlik beton devor qurdi
Turkiya milliy mudofaa vazirligi bugun Suriya bilan chegarada beton devor qurilishi navbatdagi bosqichi yakuniga yetganini xabar berdi. Bu haqda mahkama Twitter’dagi o‘z sahifasida ma'lum qilgan.
"Suriya bilan chegarada 556 kilometrlik betor devor qurilishi chegara xavfsizligi tizimi loyihasi doirasida olib borildi hamda o‘z yakuniga yetdi", - deya xabar berdi vazirlik.
O‘tgan yilning oxirlarida Turkiya mudofaa vaziri Fikri Ishiq Anqara devor qurilishini 2017 yilning o‘rtalariga qadar butunlay yakunlamoqchi ekanini ta'kidlab o‘tgandi. Suriya bilan chegarada hammasi bo‘lib 825 kilometr beton to‘siq qurish rejalashtirilgan. To‘siq – og‘irligi 7 tonna keluvchi beton bloklardan iborat bo‘lib, ularning eni 2 va balandligi 3 metrni tashkil etadi hamda tikanli sim bilan to‘ldiriladi.
Har 300 metrda kuzatuv ishlari uchun barcha zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan minoralar quriladi. Shuningdek, taxminlarga ko‘ra, minoralarda avtomatik pulemyotlar va qoidabuzarlarni ovozli ogohlantirish tizimi o‘rnatiladi.
Devor Suriya tomonidan terrorchilarning kirib kelmasligi uchun qurilgan.




Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
16:19 / 24.05.2025