Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belorussiya YeOII Bojxona kodeksini imzoladi
Belorussiya Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining Bojxona kodeksini imzoladi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi bojxona qonunchiligi departamenti direktori Dmitriy Nekrasov ma'lum qildi.
"Belorussiya kecha (11 aprel) YeOII Bojxona kodeksini imzoladi. U komissiyaga kelib tushdi, yaqin orada saytimizda e'lon qilinadi", — degan Nekrasov "Kommersant'" nashriyot uyida bo‘lib o‘tgan "Bojxona- 2017: TSFning dolzarb masalalari" anjumanida.
6 aprel kuni Belorussiya TIV matbuot kotibi Dmitriy Mironchik, rasmiy Minsk yaqin orada YeOII Bojxona kodeksini imzolashi mumkinliginirad etmasligini bildirgan edi.
YeOII — xalqaro iqtisodiy integratsiya tuzilmasi bo‘lib, Bojxona ittifoqi va Yagona iqtisodiy kenglik negizida tashkil etilgan. U 2015 yil 1 yanvaridan faoliyat yuritadi. Hozirda, unga Rossiya, Armaniston, Belorussiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a'zo.
Mavzuga oid
19:45 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
20:15 / 26.12.2024
Mirziyoyev: YeOII davlatlari fuqarolariga ichki hujjatlari bilan O‘zbekistonga kirish imkonini berishga tayyormiz
07:09 / 14.12.2024
Abdulla Aripov YeOII hukumat rahbarlari kengashi majlisida qatnashdi
14:38 / 07.11.2024