Fan-texnika | 14:52 / 12.04.2017
38472
3 daqiqa o‘qiladi

Fotojamlanma: Insonning koinotga birinchi marta parvoz qilganiga 56 yil to‘ldi

1961 yilning 12 aprel kuni inson birinchi marta koinotga parvoz qildi. «Yerni sun'iy yo‘ldoshli kemada uchib o‘tib, sayyoramiz qanday go‘zal ekanini ko‘rdim. Insonlar, bu go‘zallikni buzish emas, balki saqlab qolamiz hamda ko‘paytiramiz!» - deya yozgandi Yuriy Gagarin Yerga qaytganidan so‘ng. Gagarinning tarixiy parvozi Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan amalga oshirilgan, fazogir fazoviy makonda 108 daqiqa bo‘lgan. Gagarin parvozidan shuncha yil o‘tib koinotga dunyoning 40dan oshiq davlatidan bo‘lgan 550dan ortiq inson parvoz qildi. BMT Bosh Assambleyasi 2011 yilning 7 aprel kuni 12 aprelni insonning koinotga parvoz qilgan Xalqaro kuni, deb e'lon qildi. Ko‘plab mamlakatlarda ushbu kunda «Yuriy tuni» (Yuri's Night) aksiyasi o‘tkaziladi, u Yuriy Gagarin sharafiga shunday nomlangan. Quyida insonning koinotga parvoziga oid qator fotosuratlar taqdim etiladi.

Yuriy Gagarin

«Sputnik-5» kemasida fazoviy parvozni amalga oshirgan to‘rt oyoqli fazogirlar – Belka va Strelka kuchuklari, 1960 yilning 19 avgusti

Shifokorlar tajribadagi itlarni geofizik raketaning bosh qismidan olishmoqda, 1960 yilning 20 avgusti

Yuriy Gagarin parvozdan avval, 1961 yilning 12 aprel kuni

Yuriy Gagarin

Fazogir-uchuvchi German Titov tomonidan 300 kilometr balandlikdan olingan Yer surati, 1962 yil

Oydayurar-1 Oy yuzasiga 1970 yilda yetkazilgan

1975 yilning 15 iyul kuni tarixda ilk bora Sobiq ittifoqning «Soyuz-19» va Amerikaning «Apollon» kemalari tutashdi, Aleksey Leonov boshchiligidagi fazogirlar astronavtlar bilan qo‘l berib so‘rashishdi. Bu hodisa fazodagi xalqaro hamkorlik davri boshlanishiga sababchi bo‘ldi. Suratda: amerikalik astronavtlarning «Soyuz-19» fazoviy kemasi orbital qismiga o‘tishi

Amerikalik astronavt Tomas Stafford, Sobiq ittifoq fazogir-uchuvchilari Valeriy Kubasov va Aleksey Leonov (chapdan o‘ngga) «Soyuz-Apollon» orbital fazoviy majmuasi bortida

«Energiya»-«Buran» raketa-fazoviy tizimi starti, 1988 yil

Sobiq ittifoqning «Buran» orbital samolyoti Boyqo‘ng‘ir kosmodromida, 1988 yil

Rossiyaning «Radioastron» radioteleskopi muvaffaqiyatli ravishda uchirildi. «Radioastron» 2011 yilning 18 iyul kuni «Zenit» raketa-tashuvchisi yordamida Boyqo‘ng‘ir kosmodromining 45-maydonchasidan uchirildi.

Rossiyaning «Radioastron» radioteleskopi uchirilishi, 2011 yilning 18 iyul kuni

Sobiq ittifoq fazogir-uchuvchisi Yuriy Alekseyevich Gagarin moychechaklar bilan. 1961 yilning iyun oyi

Mavzuga oid