Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada oltin bilan to‘ldirilgan mashinaga hujum uyushtirildi
Fransiyaning Lion shahrida noma'lum shaxslar oltin bilan to‘ldirilgan mashinaga hujum qilishdi. Bu holat shunga o‘xshash hodisadan to‘rt oy o‘tib yana qaytarildi, deb xabar bermoqda Lyonmag nashri.
Nashrning yozishicha, chorshanba kuni ertalab avtomatlar bilan qurollangan noma'lum shaxslar mashinani o‘rab olgan. Ular ko‘zlagan narsalarini olishgandan so‘ng, furgonni yoqib yuborishdi hamda voqea joyidan yashirinishdi.
Politsiya hodisa yuz bergan joyni o‘rab oldi, vertolyot yetib kelgan. Jabrlanganlar haqida ma'lumot yo‘q.
Nashrning ta'kidlashicha, xuddi shunday holat o‘tgan yilning dekabrida ham kuzatilgandi. O‘shanda taxminan 10 nafar noma'lum shaxs 2,5 million yevrolik oltinni o‘marib ketgan.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025